Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni takomillashtiriladi

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni takomillashtiriladi

18 май 2023 йил
690
0

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, umuman, yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, o‘tgan davr mobaynida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid Prezidentimizning ko‘plab Farmon va qarorlari, qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan yaxlit tizim yaratildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi.

Mamlakatimizda O’zbekiston yoshlar ittifoqi nodavlat notijorat tashkiloti va  Yoshlar ishlari agentligi davlat tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor maqsad va vazifalarini amalga oshirayotganligi ham bugun yoshlarimiz hayotida tub burilishlarni yasamoqda.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” hayotga tatbiq etilyapti. Mazkur tizim asosida olib borilgan amaliy ishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga kirgan minglab yigit-qizlarning muammolari hal etilmoqda, kam ta’minlagan oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarning kontrakt puli to‘lab berilmoqda, ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda.

Yangilangan Bosh qomusimizda ham Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratildi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanitirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilandi.

Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida o‘z aksini topdi. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqda.

Amaldagi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan. Qonun 4 ta bob va 33 ta moddadan iborat.

Aytish joizki, yurtimizda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlar, yoshlar siyosatiga oid fundamental ahamiyatga ega — “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni zamon talabidan kelib chiqib, takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shu bois, qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilmoqda, yoshlar takliflarini qabul qilib olish bo‘yicha elektron platformalar (veb-sayt, “maxsus bot”, Call-markaz, elektron va an’anaviy pochta, SMS xabarnomalar) ishga tushirish belgilab olingan.

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, unga kiritilayotgan normalar yoshlar manfaatiga xizmat qilishini hisobga olib, yoshlarimizdan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha o’z takliflarini bildirishlarini so’rab qolamiz.

Murodbek Rahmonberdiyev,

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati,

“Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari

bo’yicha doimiy komissiya” raisi o’rinbosari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар