Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboev e'tiborga muhtoj bo'lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi (Video)
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboev e'tiborga muhtoj bo'lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir uchrashib, ularning muammo va istaklari xususida suhbatlashdi.
Ma'lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishida berilgan topshiriq asosida tumanda davlatning g'amxo'rligiga muhtoj bo'lgan yoshlar ro'yxati shakllantirilib, ular bilan alohida ishlar olib borilmoqda.
Bugun ham tuman hokimi tomonidan o'ziga biriktirilgan yoshlarning ehtiyoj va muammolari yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Xususan, Do'stlik MFYda istiqomad qiluvchi bir oilaga zamonaviy tikuv mashinasi berild.
Shuningdek, tuman hokimi ushbu oilalar tomorqalariga "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chatlar ekishni tashkil qilish bo'yicha yoshlar va mahalla mas'ullariga tavsiya va ko'rsatmalar berdi.