“Armiya – jasorat, matonat va bilim maskani” shiori ostida “Jasorat darsi” o‘tkazildi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuyg'usida tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega.
O‘quvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatan himoyasiga daxldorlik hissida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida joylarda keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu kabi tadbirlardan biri Jizzax viloyati Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli yangiobod tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Armiya – jasorat, matonat va bilim maskani” shiori ostida “Jasorat darsi” o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga Vatan himoyasi qay darajada sharafli kasb ekanligi, har bir inson o‘z vatanini ko‘z-qorachig‘idek asrashi, uning yuksalishi uchun bor bilim va ko‘nikmalarini ishga solishi kerakligi haqida tushunchalar berilib, komandir tomonidan harbiy xizmatda bosib o‘tilgan yo‘l, undagi mashaqqatlar, sinovlar va bularni yengib o‘tish ortidan erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan harbiy xizmat, oliy harbiy ta’lim maskanlari va ularga kirish tartibi va boshqa shu kabi savollarga javoblar olishdi.
- "Harbiylar bilan uchrashuv, harbiylik hayoti bilan tanishuv menda oʻzgacha taʼsurot qoldirdi" deydi maktab oʻquvchisi S.Tolipov. - "Vatanimni himoya qilishga boʻlgan ishtiyoqim yana bir karraga oshdi desam mubolagʻa boʻlmaydi"
Kapitan Sardor Otaqulov,
DXX chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisi