Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Nafsini jilovlay olmagan rahbarning kirdikori fosh boʻldi

Nafsini jilovlay olmagan rahbarning kirdikori fosh boʻldi

07 февраль 2024 йил
466
0

Oxirgi paytlarda ayrim rahbarlarning davlat mulkini talon-toroj qilish orqali moʻmay daromad olishga qaratilgan jinoyatlarni sodir etganligiga koʻzimiz tez-tez tushib qoladi.

Hayotda shunday qingʻir ishlar boʻladiki, u haqda eshitgan vaqtimizda beixtiyor “Tuppa-tuzuk odam, yaxshi rahbar edi-ku, nima jin urib, bu nomaqbul ishlarni qilibdi?” — deya hayron qolamiz. Aslida buning sababi oddiy- bu nafs balosiga va tekin boylik ortirishga borib taqaladi.

Sud amaliyotida bunga misollar yetarlicha topiladi.
Masalan, U.Butunbayev “UMK YANGIOBOD CHORVA”MCHJning (ushbu MCHJ davlat mulki hisoblanadi) 2022-yil 21-apreldagi 1-sonli qaroriga asosan jamiyat rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanib, 2023-yil 5-fevralga qadar mazkur jamiyatda rahbar lavozimida ishlab kelib, jamiyatning mol-mulkini va tovar moddiy boyliklarini but holatda saqlash hamda moliyaviy statistik hisobotlarni vakolatli davlat organlariga oʻz vaqtida topshirishga shaxsan javobgar etib belgilangan boʻlsa-da, 2022-yil 28-aprelda tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan jamiyatning sobiq rahbari H.Davronovdan barcha asosiy vositalarni, shu jumladan 383 bosh ona qoʻy, 22 bosh qoʻchqor, 435 bosh 2021-2022-yilgi qoʻzilarni, jami 840 bosh mayda shoxli chorva mollarini qabul qilib olib, 2022-yilning aprel oyidan 2023-yilning fevral oyiga qadar mansab mavqeini suiisteʼmol qilib, oʻziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan, 57 bosh ona qoʻy-116.850.000 soʻm, 5 bosh qoʻchqor-21.250.000 soʻm, 16 bosh 2021-yilgi qoʻzi-28.000.000 soʻm va 272 bosh 2022-yilgi qoʻzilarni 353.600.000 soʻm, jami 519.700.000 soʻmlik 350 bosh mayda shoxli chorva mollarini turli jismoniy shaxslarga naqd pulga sotib yuborganligi, pulning 192.560.000 soʻmini xodimlarning ish haqiga va 23.300.000 soʻmini foydalanilgan elektr energiyasi toʻloviga hamda 11.619.174 soʻmni soliq toʻlovlariga sarflab, qolgan 292.220.826 soʻmni oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, U.Butunbayev jinoiy yoʻl bilan mulkiy manfaat koʻrish maqsadida savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilmasdan, “UMK YANGIOBOD CHORVA”MCHJning rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi, 2003-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga zid ravishda 2022-yil 21-apreldan 2023-yil 5-fevralga qadar umumiy hisobda 525.000.000 soʻmlik realizatsiya qilishdan tushgan tushumni jamiyat hisob raqamiga tushirmasdan hamda nazorat kassa mashinalari xotirasiga kiritmasdan jami 519.700.000 soʻmning bankdan tashqari aylanmasini amalga oshirib, juda koʻp miqdordagi savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzgan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan koʻrib chiqib, U.Butunbayevga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 189-moddasi 1-qismi bilan JKning 59, 61-moddalariga asosan 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi va bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari-30.000.000 soʻm jarima jazosi tayinladi.

Shuningdek, U.Butunbayevdan 292.220.826 soʻm Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati xududiy boshqarmasi hisobiga undirish belgilandi.
Guvohi boʻlganingizdek, oʻzganing mol-mulkni oʻzlashtirish yoʻli bilan topilgan boylik U.Butunbayevga buyurmadi, u topgan obroʻ-eʼtiborini tushirib, el-yurt oldida uyatga qolgani boʻldi.

Xulosa qilib aytganda, nonning haloli shirin. Koʻpni koʻrgan keksalarimiz bekorga “Yarimta non - huzuri jon” deyishmagan. Aldov, firib, mol-mulkni talon-toroj umuman olganida, jinoiy yoʻl bilan topilgan nohalol boylik hech kimga, hech qachon buyurmaydi.

B.Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangibod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
01 февраль 2024, Четверг
Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
Eslatma!
05 сентябрь 2022, Понедельник
Eslatma!
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?
22 август 2022, Понедельник
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар