Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi

Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi

01 февраль 2024 йил
85
0

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqliq va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fukarolik jamiyatiing hamkorligi koorupsiyaning oldini olishga doir chora tadbirlar ustuvorligi va javobgarligining muqarraligidir. Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurash muammosi oʻta dolzarbdir. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi.
Birinchidan, davlatning mansabdor shaxslari tomonidan oʻz mavqeini suisteʼmol qilish hollari hokimiyat obroʻsiga jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlariga putur yetkazadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy mazmuni resurslarini taqsimlash jarayonini deformatsiyalashishidan iborat boʻlgan korrupsiya iqtisodiyot rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish murakkab jarayon, chunki u nafaqat yashirin tarzda balki jinoiy til biriktirib sodir etiladi. Korrupsiya odatda shikoyat berilishiga sabab boʻlmaydi chunki aybdor taraflar qonunga xilof bitimdan naf koʻradilar. Hatto tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish ustidan ham shikoyat kamdan kam hollarda beriladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno mohiyatini oʻzgartiradi va jamiyat uchun ham davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab boʻladi. Zotan korrupsiya davlat organlari xodimlarning moddiy yoki mulkiy yoʻsinda gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida oʻz mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy xodisa hisoblanadi.
Davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining subyektlari hisoblanadi chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab boʻldigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega boʻladi.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtishimiz kerak”, deb taʼkidladi.
Bu Vatanimiz taraqqiyotini jadallik bilan olgʻa surish uchun korrupsiya ildizlariga bolta urish, har bir odam oʻz oldiga halollikni bosh vazifa qilib qoʻyishi lozimligini, halol boʻlmagan odamlarni majoziy maʼnoda, “halollik vaksinasi” bilan emlash zarurligini anglatadi.
Xoʻsh, “halollik vaksinasi” nima va u qanday emlanadi?
Nazarimizda, “halollik vaksinasi” inson qalbiga igna bilan emas, iymon nuri orqali oʻtib, uning vijdonini poklaydi. Har qanday insonga qondan va ona suti orqali “halollik vaksinasi” singib boradi. Demak, inson halol boʻlishi uchun uning iymoni butun boʻlishi lozim. Har bir odam oʻz ishini halol bajarsa, u “hallollik vaksinasi” bilan emlangan boʻladi. Ana shunday immunitetni shakllantirish vazifasi avvalo ota-onalar, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalqimizning ziyoli, maʼnaviyatli qismi zimmasiga yuklanadi.
Iymonli odam harom luqma, birovning haqini yeyishdan, harom ishlar qilishdan tiyi ladi, chunki uning vijdoni pokligi bunga yoʻl qoʻymaydi. Va albatta, u ota-onasi, qarindosh-urugʻlari, xalqi va Vatani uchun fidoyilik bilan halol mehnat qiladi, halol luqma topib, farzandlariga yediradi.
Korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat huquqiy vositalari bilan erishib boʻlmasligi tarixdan maʼlum. Bu borada barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish fuqarolarning huquqiy ongini va dunyoqarashini oʻzgartirish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Umuman olganda korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas balki maʼnaviy buzilish holati xamdir. Mazkur illatga qarshi kurashda davlat organlari jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi saʼiy-harakatlari bilangina kutilgan natijaga erishish mumkin.

O.Egamberdiyev,

Fuqarolik ishlari boʻyicha
Zarbdor tumanlararo sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар