Korrupsiya xavf-xatarini oldini olish borasida davra suhbati bo'lib o'tdi
Yangiobod tuman Adliya bo'limi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida korrupsiya xavf-xatarini oldini olish borasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda Adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov tomonidan xodimlarning sohadagi faoliyatlari jarayonida korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, soha vakillarining bu bordagi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda Oʼzbekiston Respublikasi Qonun va qonun osti hujjatlari, ularning mazmun mohiyati, zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etishga qaratilgan ishlar haqida tushunchalar berildi.
Муҳокамага қўшилинг