Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi

tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi

22 февраль 2023 йил
109
0

Yangiobod tuman hokimligi faollar zalida tuman hokimligi mutasaddilari, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Fermerlar kengashi hamda tuman Adliya boʻlimi hamkorlikda tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi J.Abduxoliqov tomonidan  Oʻzbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati va qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohatlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosari M.Toʻrayev soʻzga chiqib, muqobil energiya manbalari va uning afzalliklari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Xususan, quyosh panellarining turlari, oʻrnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar toʻgʻrisida yigʻilganlarga batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi inspeksiyasi boshligʻi O.Begmatov tomonidan gʻallachilik, bogʻdorchilik va boshqa dehqonchilik ekinlaridagi zararli organizmlarga qarshi kkrashish chora tadbirlari toʻgʻresida ham tushunchalar berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар