Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangi Konstitutsiyamizning 47-moddasining mazmun-mohiyati

Yangi Konstitutsiyamizning 47-moddasining mazmun-mohiyati

12 февраль 2024 йил
234
0

Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
Qomusimizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan asossiy maqsad, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, koʻp millatli jonajon Oʻzbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini taʼminlashni maqsad qilgan.
Eski tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 128 moddadan iborat boʻlgan boʻlsa, hozirgi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 155 moddadan iborat boʻlib, qoʻshimcha ravishda 27 modda bilan toʻldirildi.
Bu esa oʻz navbatida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini koʻpaytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini hamkorlik, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida “Har kim uy-joyli boʻlish huquqiga ega.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар