Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosib nishonlandi

Yangiobodda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosib nishonlandi

06 декабрь 2023 йил
130
0

Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan aholi va keng jamoatchilik ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirok etdi va Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan barchani samimiy tabriklab, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz irodasi va madaniyatini oʻzida aks ettiruvchi mustaqil oʻzbek davlati va jamiyatining asosiy qonuni ekanini, bugungi kunda Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan tamoyillar asosida aholi turmush darajasi oʻsib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni butunlay oʻzgarib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir davomida yoshlar va harbiylar tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tuman madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yigʻilganlar e'tiboriga havola etilib, barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар