Tuman hokimi Sovot QFYda yoshlar bilan muloqot qildi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFYda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari hamda reja va maqsadlari yuzasidan muloqot qildi.
Muloqot davomida yoshlarning o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yish va shu kabi ijtimoiy masalalardagi murojaatlari yuzasidan suhbatlashilib, ularga yo'l-yo'riq va tavsiyalar berildi.
Муҳокамага қўшилинг