Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Mehnat daftarcham maʼlum sabablarga koʻra yoʻqolgan. Men qanday pensiyaga chiqsam boʻladi?

Mehnat daftarcham maʼlum sabablarga koʻra yoʻqolgan. Men qanday pensiyaga chiqsam boʻladi?

26 март 2024 йил
196
0

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

  • maʼlumotnomalar;
  • buyruqlardan koʻchirmalar;
  • shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;
  • mehnat shartnomalari;
  • arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud tartibida guvohlar koʻrsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар