Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumanida qishloq xo'jaligi sohasida tadbiq etilayotgan loyihalar yuzasidan media-tur o'tkazildi

Yangiobod tumanida qishloq xo'jaligi sohasida tadbiq etilayotgan loyihalar yuzasidan media-tur o'tkazildi

26 март 2024 йил
80
0

Yangiobod tumanida qishloq xo'jaligi sohasida tadbiq etilayotgan loyihalar yuzasidan media-tur tashkil etilib, unda viloyat va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari hamda qishloq xo'jaligi sohasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tumanda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbiq etilayotgan yangi loyihalar, shu jumladan, ekinlarni sug'orishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilish holati hamda tashkil etilayotgan yangi bog'lar bilan tanishdilar.

Media tur davomida tadbirkorlar tomonidan qishloq xo'jaligi yerlarida qo'llanilayotgan tomchilatib hamda yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarining afzalliklari va samaradorligi xususida ko'rgazmali tarzda tanishtirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga tumanda bugungi kunda qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi reja va maqsadlar xususida ham ma'lumotlar berildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар