Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Tumanda ishlab chiqarish va sanoat sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar xususida matbuot anjumani o'tkazildi

Tumanda ishlab chiqarish va sanoat sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar xususida matbuot anjumani o'tkazildi

24 январь 2024 йил
102
0

Yangiobod tumani hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari R.Abdugʻaniyev ishtirokida tumanda shlab chiqarish va sanoat sohasini rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar xususida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar, soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi oʻrinbosari R.Abdugʻaniyev yigʻilganlarga mavzu yuzasidan maʼlumot berdi.

Xozirgi kunda iqtisodiyotimizni koʻtarishda eng asosiy oʻrin tutgan Investitsiya soxasiga juda katta imkoniyatlar yoʻli ochildi. 
Tumanimizga Prezident qaroriga asosan 2.5 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilish belgilangan boʻlib, tumanda 2 ta korxonamiz, Rossiya qoʻshma korxonasi “Xayr xavotogʻ” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 1.5 mln AQSH dollarlik maʼdanli suv ishlab chiqarish xamda, Kishlok xujaligi soxasida 1.0 mln dollar qiymatdagi “FU LAI GE” Xitoy korxonasining “Urugʻchilik” ni rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan loyixasi xisobiga bajarilishi belgilangan.
Xozirgi kunda 200 ming AQSH dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilindi. Yil yakuniga qadar toʻliq investitsiya rejalarini bajarishga vada beraman bu boʻyicha tadbirkorlar bilan ishlar davom etmoqda.
Yil yakuniga kadar “Xayr xavotogʻ” MCHJ tomonidan umumiy kiymati 1,5 mln dollarlik madanli suv ishlar chikarish loyixasi va Kishlok xujaligi soxasida 1.0 mln dollar qiymatdagi “FU LAI GE” Xitoy korxonasining “Urugchilik” loyixalarini amalga oshirish natijasida 2023-yil yakuni bilan tumanga 2,7 mln dollarlik xorijiy investitsiya jalb kilinishi natijasida yil yakuni bilan yillik reja 108,0 foizga bajariladi.

Xozirgi kunda tumanda 3 ta yirik invectitsiya loyixasi ustida amaliy ishlarni boshlaganmiz.
Xususan: Sanoat soxasini rivojlantirish maqsadida tumanda sement maxsulotlari ishlab chikarish uchun 182 846.8 ming tonna zaxira mavjud boʻlib, Sizning tashabbusingiz bilan 02.05.2023-yildagi 146-sonli qaroringizga asosan 192 gektar qishloq xoʻjaligi yer toifasida boʻlgan xom ashyo bazasi sanoat zonasiga oʻtkazilib, “ABSALUTE ACES” MCHJ tomonidan 2 mlrd 680 mln soʻmga ochiq elektron tanlov orqali sotib olindi. Umumiy qiymati 200 mln AQSH dollar, kunlik ishlab chiqarish xajmi 7500 tonna boʻlgan sement loyixasi boʻyicha xozirgi kunda loyixa smeta ishlari Xitoylik mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Ushbu korxona Xitoy davlatidan shu yilning oʻzida 5 mln dollar toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Loyixa ijrosi bilan bu yil 50 ta keyingi yillar davomida 700 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, 2024-2025-yillar davomida 195 mln dollar toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi. Xozirgi kunda Xitoylik mutaxassislar tomonidan xom ashyoni oʻrganish ishlarini olib borilmoqda, oʻrganishlar xulosasidan kelib chiqqan xolda 7 ta qurilish materiallariga moʻljallangan ishlab chiqarish uskunalari olib kelinadi.
Jumladan:
1.Sheben 1 mln dollar xorijiy mablagʻ kiritiladi kunlik 3000 tonna maxsulot ishlab chiqariladi.
2.Beton maxsulotlari 1 200 mln dollar xorijiy mablagʻ kiritiladi kunlik 1 800 kub ishlab chiqariladi
3.Asfalt 2 mln dollar mablagʻ kiritiladi kunlik 1 200 kub ishlab chiqarladi
4.Oxak tosh 4  mln dollar mablagʻ kiritiladi kunlik 300 tonna ishlab chiqariladi
5.Gipsakarton zavoti 5 mln 800 ming dollar mablagʻ kiritiladi 150 ming kvadrat ishlab chiqariladi.
6.Qop ishlab chiqarish 200 ming dollar chiqariladi
7. Sement zavot 121 mln dollar mablagʻ kiritiladi kunlik 12 ming tonna ishlab chiqariladi.

Tumanda 2-loyixamiz xam 2023-yil davomida Xitoy investorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Xitoy davlatining qishloq xoʻjaligi mutaxasislari tomonidan 7 oy davomida piyoz yetishtirish boʻyicha ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. 30 mln dollarlik loyixa ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Tumanning iqlim sharoiti va xosildorligini aniqlash maqsadida 1 gektar yer maydoniga Xitoy oq piyozi ekilib parvarish qilindi va natijada 1 gektar yerdan 120-150 tonnagacha Xitoy oq piyozi olish mumkinligi aniqlandi. Investorlar tomonidan 2024-yilning mart oyidan 300 gektar yer maydoniga tomchilatib sugʻorish tizimi orqali piyoz yekish boʻyicha Xitoy davlatining SP 000 “TIAN CHENG MODERN AGRICELTURAL EQUIPMENT TECHNOLOGY” kompaniyasi xamda tumanimizda faoliyat olib borayotgan “Besh yuz agroklaster” MCHJ ning yer maydoniga qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish ishlari buyicha shartnomalar imzolandi.
Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi maxsulotlari maxsus uskunalar orqali quritiladi va toʻliq eksportga yoʻnaltiriladi. Loyixa natijasida 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Tumanda faoliyat olib borayotgan “HAYR HAVOTOG” MCHJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 10,0 mlrd. soʻmlik sanatoriya va sogʻlomlashtirish markazi loyihasi amalga oshirilib, 60 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Shu korxonani 2-yoʻnalishi maʼdanli suv qadoqlash ishlari boʻyicha xam amaliy ishlar olib borilmoqda. 1336 metr yer ostidan tabiiy chiqayotgan shifobaxsh suv Oʻrta Osiyoda yagona xisoblanadi. Tarkibida inson organizmiga foydali 18 ta element mutaxassislar tomonidan aniqlanib xulosa berildi. Suv qadoqlash uskunasi 1,0 mln 200 ming dollar xisobiga Xitoy davlatidan olib kelinadi shartnomalar imzolangan. Chiqarilgan maxsulotlarning 70 % eksportga yoʻnaltiriladi.

Muxtaram Prezident!
Yuqoridagi keltirilgan istiqbolli loyixalar ijrosi bilan, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish xajmi 12,2 mlrd soʻmga (20,1 foizga), xorijiy investitsiyalar xajmi 47,7 mln AQSH dollariga (12,6 barobarga), eksport xajmi 16,5 mln AQSH dollarga (4,5 barobar) oshishi taʼminlanib, qoʻshimcha 1060 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар