Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangi bunyod etilgan ijtimoiy soha obyektlariga media-tur tashkil etildi

Yangi bunyod etilgan ijtimoiy soha obyektlariga media-tur tashkil etildi

21 декабрь 2023 йил
195
0

Yangiobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 — 2025-yillarda jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qaroriga asosan bir qator ijtimoiy soha obeʼyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yoʻl va muhandislik kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish choralari belgilangan boʻlib, bu borada tumanda bir qator amaliy ishlar olib borildi.

“Yangiobod” SHFY hududidagi tuman tibbiyot birlashmasi qoshida aholi uchun tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida barpo etilgan 50 qatnovli ko'p tarmoqli poliklinika binosi foydalanishga topshirilib, bu yerga media-tur tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, viloyat hokimi o'rinbosari Latibjon Axmadjonov, shifokorlar, deputatlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, poliklinika binosi va undagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

1 mlrd 250 mln soʻm mablag' evaziga qad koʻtargan ushbu tibbiyot muassasada stomatolog, kardiolog, pediatr, terapevt, genekolog, endokrinolog kabi qator yoʻnalishlar boʻyicha malakali vrachlar xizmat koʻrsatadi.

Shu kuni media-tur ishtirokchilari Sarmich mahallasida bunyod etilgan 2 ta suv inshootlari hamda yangi qurilgan yo'l infratuzilmalarini ham borib ko'rdilar.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар