Xorijda vaqtincha ishlash istagida boʻlgan fuqarolar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Shu yilning 4-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan xorijda vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni chet-el davlatlarga xavfsiz yuborish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab berildi.
Yangiobod tumanida vazirlik va tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Farmonning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, aholi va ish beruvchilarning talablari asosida mutaxassis tayyorlash maqsadida mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda qonuniy, tartibli tarzda xorijga vaqtincha yuborish, sohadagi yangiliklar va joylarda ishni to‘g‘ri tashkil qilish yuzasidan tushunchalar berildi.