Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Sud raisi tomonidan Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi

Sud raisi tomonidan Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi

25 март 2024 йил
107
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 02.02.2017-yildagi PQ-2752-sonli qarori yuzasidan tushunchalar berildi.

Jumladan, mazkur Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq uning asosiy vazifalari etib:

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini taʼminlash;
  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash;
  • korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish etib belgilanganligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, sud raisi yigʻilganlarning savollariga batafsil javob berib, muammolarni hal qilish uchun barchamiz masʼulligimizni, faqatgina davlat organlari tomonidan masalani hal qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi emas, balki mahalla fuqarolari tomonidan tashabbus bilan chiqilishi lozimligi, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda barchamiz masʼul ekanligimiz toʻgʻrisida yigʻilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini toʻlaqonli taʼminlash borasida misli koʻrilmagan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayni shu yoʻnalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani esa, yanada eʼtiborlidir.

Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonuniy 2020-yil 13-mart kuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Odil Yuldoshboyevich Egamberdiyev,

Fuqarolik ishlari boʻyicha

Zarbdor tumanlararo sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар