Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining mazmun-mohiyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining mazmun-mohiyati

10 февраль 2024 йил
265
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi № PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, sud xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinadi.
Sud xoʻjaligi Vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi.
Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.
Sud resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
2024-yildan: suvni tejaydigan sugʻorish texnalogiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
Suvni tejaydigan sugʻorish texnalogiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ushbu texnalogiyalar joriy qilingan yilning oʻzida toʻliq miqdorda ajratiladi.
Qoraqolpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sugʻorish texnalogiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.
Sugʻoriladigan yerlarda yangi bogʻlar, uzumzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xoʻjaligi Vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sugʻorish texnalogiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар