Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMAN KENGASHI QARORI

XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMAN KENGASHI QARORI

03 октябрь 2023 йил
635
0

XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMAN KENGASHI QARORI

Tashabbusli byudjet jarayonining 2023-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisida”gi QQ-213-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2023-yil 21-sentabrdagi 01-20-237-08/01-62-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi


QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisida”gi QQ-213-sonli qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tashabbusli byudjet jarayonining 2023-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik fikri asosoda shakllantirilib ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan 3 ta takliflar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish uchun 3 810 000 000 (uch milliard sakkiz yuz o‘n million) so‘m mablag‘ ajratilsin.
  4. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b (I.Normatov) g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan ajratilishini ta’minlasin.
  5. Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (B.Ismoilov)ga ajratilgan mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirish vazifasi yuklatilsin.
  6. Belgilab qo‘yilsinki takliflarni amalga oshirish yakuni bilan ortgan mablag‘lar pudratchi korxonalar tomonidan tuman hokimligi qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga qaytariladi.
  7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Abdug‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi

I.B.Qarshiboyev

2023 - yil 29 - sentabr

VI-62-146-3-54-K/23

Qarorning tasdiqlangan variantini quyida ko'rishingiz mumkin:

vi-62-146-3-54-k-23.pdf [254,22 Kb] (юклаб олинди: 25)

Онлайн: vi-62-146-3-54-k-23.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар