Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Elektr ta'minoti korxonasi xodimlari uchun ma'rifat soati o'tkazildi

Elektr ta'minoti korxonasi xodimlari uchun ma'rifat soati o'tkazildi

24 апрель 2024 йил
21
0

Yangiobod tuman “Elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida “Maʼnaviy hayotimizda yangi islohotlar davri” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi.

Maʼrifat soatida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari S.Abdurahmonova ishtirok etib, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida soʻzlagan maʼruzasining mazmun-mohiyati, maʼnaviyat, milliy qadriyatlarimiz borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Prezidentimiz tomonidan aholi, ayniqsa yoshlarimiz maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida ilgari surilgan tashabbuslar va takliflar asosida maʼnaviy hayotimizda yangi islohotlar davri boshlanganligi, yurtimiz taraqqiyotiga befarq boʻlmagan jamiyatimizning barcha aʼzolariga katta masʼuliyat yuklanganligi, demak belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda yanada faol va tashabbuskor boʻlishimiz zarurligi taʼkidlandi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар