Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodlik 2 nafar yoshlar respublika olimpiadasida oliy o'rinni egalladi

Yangiobodlik 2 nafar yoshlar respublika olimpiadasida oliy o'rinni egalladi

22 апрель 2024 йил
16
0

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shu yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida "Humo Great" hamda "Shosh Akademy" o'quv markazlari hamkorligida "INNOVATSION BOLALAR" shiori ostida Matematika fani bo'yicha Respublika ochiq olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Ushbu olimpiadada Yangiobodlik 2 nafar yoshlar - 12-umumta'lim maktabining 4-"A" sinf o'quvchisi Yusufjonova E'zozaxon hamda 7-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Erkinov Muhammadali o'z bilim va iqtidorlarini namoyish etishib, oliy o'rinni qo'lga kiritdilar va "Diplom" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар