Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yoshlarning Jizzax shahriga sayohati uyushtirildi

Yoshlarning Jizzax shahriga sayohati uyushtirildi

27 апрель 2024 йил
33
0

Yangiobod tumani Adliya bo'limi boshchiligida tumanning Shodlik mahallasida istiqomad qiluvchi bir guruh yoshlar Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

AOKA Jizzax viloyat boshqarmasi, viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda adliya boshqarmasi hamkorligida o'tkazilgan tadbirga taniqli shoir va yozuvchilar, el ardog'idagi ijodkorlar, o'zining namunali hayoti va faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'lishga loyiq ustozlar taklif etildi. Bilim olish, jamiyatda o' z o'rniga ega bo'lishga harakat qilish yoshlarning asosiy vazifasi ekanligi takidlandi.

Tadbir davomida yoshlarda milliy g'urur, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosimizdan faxrlanish tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida Jizzax vohasini nafaqat respublikamizga balki butun dunyoga tanita olgan insonlar xotirasiga bag'ishlangan muzeylarga hamda shaharning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар