Yangiobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilda qancha koʻchat ekilgani maʼlum qilindi
Yangiobod tuman Ekologiya atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi boshlig'i M.Suvonqulov ishtirokida brifing o'tkazilib, tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilda qancha koʻchat ekilgani maʼlum qilindi.
Bu haqda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Yangiobod tumani inspeksiyasi boshligʻi M.Suvonqulov maʼlumot berdi.
Davlatimiz raxbari tomonidan daraxtzorlarni koʻpaytirish maqsadida tatbiq etilgan “Yashil makon” umummilliy loyixasi doirasida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Loyiha doirasida 2024-yilning bahor mavsumida 666 ming tup daraxt ko'chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo'lib, amalda 789,76 ming tup ko'chat ekildi.
Natijada belgilangan reja 118,58% ga bajarilib, "Yashil makon" elektron platformasiga kiritilgan.
Ko'chatlarni tanlashda tumanning iqlim sharoiti hamda suvsizlikka chidamliligi hisobga olingan.
"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi barcha mahallalar, aholi xonadonlari, yoʻl chetlari va belgilangan maydonlarda mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, yangi-yangi bog'lar barpo etildi.
Xususan, 0,5 gektardan iborat "Hokimlik bog'i" tashkil etilib, 200 dona daraxt va buta ko'chatlari ekildi.
2024-yilning kuz mavsumida tumanning barcha hududlarida jami 334 ming dona manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekish bo'yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan.