Yangiobod Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan 500 tupdan ortiq ko'chat ekildi
Yangiobod tumanida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida barcha mahallalarda koʻchatlar ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda. Bugun tashkil etilayotgan kuzgi ko'chat ekish aksiyalarida ham barcha birdek faol ishtirok etishdi.
"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostidagi ushbu loyiha doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi jamoasi tomonidan ham yangi bog' tashkil qilindi.
Tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFY hududida yaratilgan ushbu bog'ga FVB xodimlari tomonidan hudud iqlim sharoitiga mos bo'lgan 500 tup bodom ko'chatlari ekildi.
Муҳокамага қўшилинг