Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan katta bayram shodiyonasi boʻlib oʻtdi (Video)

Yangiobodda “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan katta bayram shodiyonasi boʻlib oʻtdi (Video)

16 март 2024 йил
219
0

Bugun Yangiobod tumanida xalqimizning azaliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan, yasharish va yangilanish, goʻzallik va nafosat ayyomi boʻlgan “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan katta bayram shodiyonasi boʻlib oʻtdi.

“Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” shiori ostida boʻlib oʻtgan bayram tantanasi avvalida tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga toʻkin sochinlik tiladi.

Bayram shodiyonasi davomida tumanimizning xushovoz xonandalari, yosh ijrochilar hamda “Uzumchi” folklor jamoasi tomonidan milliy kuy-qoʻshiqlar va dillarga bahoriy kayfiyat olib kiruvchi koʻngilochar sahna chiqishlari namoyish etildi.

Bayram tadbiri xalq o'yinlari, milliy taomlar va amaliy sanʼat koʻrgazmalari hamda elimiz suygan sanʼatkorlar va soʻz ustalarining chiqishlari bilan yuqori kayfiyatda davom etdi.

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yangiobodda mustaqillik bayrami (Video)
27 август 2023, Воскресенье
Yangiobodda mustaqillik bayrami (Video)
Yangiobodda Yangi yil shukuhi
29 декабрь 2023, Пятница
Yangiobodda Yangi yil shukuhi
Mahallalarda Yangi yil tadbirlari bo'lib o'tmoqda
30 декабрь 2023, Суббота
Mahallalarda Yangi yil tadbirlari bo'lib o'tmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар