Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan yangiobodlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan yangiobodlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

27 март 2024 йил
204
0

Yangiobod tumanida yashovchi D.Raimov 2023-yilda “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidan foydalanib, faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib qolgan.

U mazkur tashkilotning Suriya Arab Respublikasidagi tarafdorlari safiga borib qoʻshilgan va terrorchilik tashkilotida turli gʻoyaviy va harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotib, Suriya davlati armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.

2023-yil 27-noyabr kuni esa D.Rayimovning sogʻligʻi yomonlashib, “Tavhid va Jihod” tashkiloti aʼzolari koʻmagi bilan Suriyadan Turkiyaga davolanish maqsadida oʻtgan va aynan shu vaqtda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.

JIB Yangiobod tuman sudida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilib, D.Raimovga nisbatan tegishli moddalarga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар