Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

Odam savdosi - asr vabosi

08 февраль 2024 йил
260
0

Odam savdosining butun insoniyatga xavf solayotgan global muammo ekanini bugun koʻpchilik yaxshi biladi, uning turlari, shakllari va odamlarni tuzoqqa tushirishda ishlatiladigan usullari haqida matbuotda bot-bot maʼlumot berib kelinayotganiga qaramay, ushbu uyushgan transmilliy jinoyat koʻlami uchrab turilmoqda.

Aksariyat hollarda ayollar va bolalar, aholining ijtimoiy kam taʼminlangan qatlami vakillari odam savdosining qurboniga aylanayapti. Ayrim davlatlarning iqtisodiy taraqqiyotida katta tafovut mavjudligi, odamlarni mehnatga majburlash va arzon ishchi kuchini jalb etish orqali xarajatlarni kamaytirish hamda foydani koʻpaytirishga intilish, gender tengsizlik muammosi insoniyat uchun sharmandali boʻlgan ushbu jinoyatning avj olishiga sabab boʻlmoqda.

Mamlakatimizda odam savdosining oqibatlarini chuqur anglagan holda unga qarshi kurashish, yurtdoshlarimizni mazkur jinoyat qurboniga aylanib qolishdan asrash, undan jabr koʻrganlarga huquqiy, ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Qisqasi, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatga qoʻl urish quyida biz tafsilotini keltirayotgan voqeadagi singari muqarrar jazoga sabab boʻladi.

Sudning hukmiga koʻra, D.Toshmatova Turkiya davlati fuqarosi “Ali” ismli shaxs bilan oldindan oʻzaro til biriktirib, 2021-yil aprel oyining boshlarida fuqarolar F.Axmatqulova va Z.Yorbekovani Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanib daromad qilishlari uchun joʻnatishi, ularni “Ali” ismli tanishi kutib olib, Turkiya davlati, Antaliya shahri, Belek mahallasida joylashgan mehmonxonasiga joylashtirib, fohishalik bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadlarini 50 foizini “Ali”ga berishlari, 50 foizi oʻzlarida qolishi, erkaklar bilan munosabatga kirishishlariga qarab, daromadlari koʻp boʻlishi haqida qiziqtirib, ular rozi boʻlishganidan soʻng, ularni fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmogʻi orqali “Ali” ga ularning fotosuratlarini koʻrsatib, “Ali” qizlar unga yoqqanligini maʼlum qilganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi viza pasportini rasmiylashtirishga va boshqa xarajatlar uchun Z.Yorbekovaga 1.000.000 soʻmni berib, ularning nomiga Oʻzbekiston Respublikasining viza pasportini rasmiylashtirilishi uchun IIBga murojaat qilishlariga va davlat bojini toʻlashlariga erishib, ikki nafar shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib oʻtgan holda, undan foydalanish maqsadida yollash jinoyatini sodir etgan.

Bundan tashqari, D.Toshmatova takroran 2021-yil aprel oyining boshlarida fuqaro N.Xolmurodovani Turkiya davlatiga joʻnatishini, u yerda millati turk tanishi kutib olishi va “Zirve” mehmonxonasiga joylashtirib, fohishalik bilan shugʻullanishiga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadining 50 foizini “Ali” olishi, qolgan 50 foizini unga berishini maʼlum qilib, uni qiziqtirib, N.Xolmurodova rozi boʻlganidan soʻng, uni fotosuratini internet ijtimoiy tarmogʻi orqali “Ali” ga koʻrsatib, “Ali” unga yoqqanligini maʼlum qilganidan soʻng, N.Xolmurodovaga Oʻzbekiston Respublikasi Viza pasportini rasmiylashtirib olishini maʼlum qilib, shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib oʻtgan holda, undan foydalanish maqsadida yollash jinoyatini sodir etgan.

Shuningdek, D.Toshmatova takroran, “Ali” ismli tanishi bilan oldindan oʻzaro til biriktirib, 2021-yil 15-aprel kuni N.Kaipovani Turkiya davlatiga joʻnatishi, uni “Ali” ismli tanishi kutib olishi, “Ali” “Zirve” nomli mehmonxonaga joylashtirib, fohishalik bilan shugʻullanishiga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadining 50 foizini “Ali”ga berib, 50 foizi oʻziga qolishi, koʻp pul ishlab topishi haqida qiziqtirib, yuborgani evaziga Turkiya davlatiga yetib borganidan soʻng D.Toshmatovaning oʻziga 300 AQSH dollarini berishini maʼlum qilib, oʻzaro kelishganlaridan soʻng, N.Kaipovani fotosuratini internet ijtimoiy tarmogʻi orqali “Ali” ga koʻrsatib, “Ali” maʼqullab, N.Kaipovaning nomiga 100 AQSH dollari joʻnatganidan keyin, N.Kaipova 100 AQSH dollarini ATB “Ipoteka bank” Sirdaryo viloyat filialidan 1.046.000 soʻmga almashtirib, 210.000 soʻmini koronavirusga test topshirish, 290.000 soʻmini shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib, qolgan 546.000 soʻmni oʻzida saqlab kelgan.

Shundan soʻng “Ali” N.Kaipovaning nomiga Oʻzbekiston-Turkiya yoʻnalishi boʻyicha elektron aviachipta yuborib, D.Toshmatova 2021-yil 17-aprel kuni soat 05:45 larda shu aviachipta bilan N.Kaipovani Turkiya davlatiga yuborish maqsadida Toshkent shahar xalqaro aeroportiga olib borish uchun “Spark” rusumli avtomashinasida “M-34” avto yoʻlining Guliston shahar, Bahor mahallasi hududidan oʻtgan 110 km.da olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

D.Toshmatovaning jinoiy sherigi “Ali”ga esa jinoyat ishining qismi ajratilib, dastlabki tergov organi tomonidan uni topish va ushlash maqsadida jinoyat ishi alohida ish yurituvga olindi.
Sud, mazkur jinoyat ishini koʻrib chiqib, D.Toshmatovaga Oʻzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b”, “d”, “ye”, “z” bandlari bilan JKning 57-moddasini qoʻllab, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Halol yashashga oʻrgangan odam qingʻir ishlarga hech qachon qoʻl urmaydi, nomunosib xulq va tekin boylik orttirish kishini, shubhasiz, koʻngilsiz voqealar girdobiga eltadi.


B.Mamadaminov,

Jinoyat ishlari boʻyicha
Yangibod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар