“Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi (Video)
Bugun erta tongdan Yangiobod tumani markazida tuman hokimligi tashabbusi bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi. Mazkur marafon keksayu-yoshni sogʻlom hayot sari ezgu maqsad yoʻlida birlashtirdi.
Aholini ommaviy sportga keng jalb etish va ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida tashkil etilgan marafonda 200 nafardan ortiq aholi va yoshlar ishtirok etishib, belgilangan 5 ming qadam masofani piyoda bosib oʻtdilar.
Муҳокамага қўшилинг