Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Balandchaqirda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi

Balandchaqirda "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi

05 январь 2024 йил
75
0

Yangiobod tumani Balandchaqir aholisi ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy ko'ngilochar tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'z olganlar Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar to'g'risida ishtirokchilarga aniq hayotiy misollar bilan tushuntirib o'tdilar.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat Kengashi yigʻilishida ilgari surilgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida taqdimot namoyish etildi.

Ushbu islohotlarga dahldorlikni oshirish hamda aholining kayfiyatini ko'tarish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etilib, barchaga xushkayfiyat ulashildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар