Yangiobodda aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilish bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi "Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-366-sonli qarori hamda 2024-yil 9-yanvardagi "2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-7-sonli qarori mazmun mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Abdug'aniyev, hokim yordamchilari, tadbirkorlik subyektlari, o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan aholi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Respublikada faoliyat olib borayotgan bank tizimi vakillari va soha mutaxassislari tomonidan ushbu qarorlarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Seminar savol-javoblar, taklif va mulohazalarga boy tarzda o'tdi.