Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Barkamol avlod" sport musobaqalarining viloyat bosqichida yangiobodlik yoshlar g'olib bo'ldi

"Barkamol avlod" sport musobaqalarining viloyat bosqichida yangiobodlik yoshlar g'olib bo'ldi

28 январь 2024 йил
121
0

Jizzaxda akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Barkamol avlod" sport musobaqalarining viloyat bosqichi o'tkazildi.

Musobaqalarda yangiobod kasb-hunar maktabi o'quvchi-yoshlari ham faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.

Xususan, kasb-hunar maktabi o'quvchisi Obloqulov Behruz Inomjon o'g'li sportning Badminton turi bo'yicha yakka tartibdagi bahslarda faxrli 1 o'rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Shu bilan birga, sportning Badminton turi bo'yicha juftlik bahslarida Karimjonov Firdavs hamda Suvonqulov Muzaffar faxrli 2-o'rinni, Egamberdiyeva Madina hamda Raimqulova Iroda qizlar o'rtasida 3-o'rinni egalladilar.

Shuningdek, sportning Basketbol turi bo'yicha kasb hunar maktabi o'quvchilaridan iborat o'g'il bolalar jamoasi ham faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар