Yangiobodda voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar o'tkazildi
Yangiobod tumani Sarmich mahallasidagi 3,7, 18-maktablarda coyaga yetmagan yoshlar orasida jinoyatchiliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirda Milliy gvardiya Yangiobod tumani boʻlim boshligʻi katta inpektor-psixologi mayor Sh.Abdurasulov, Inpektor-psixologi serjant J.Sulaymanov, inpektor-psixologi serjant S.Shokirovlar ishtirok etishib, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish uchun nafaqat davlat organlari, balki barcha birdek mas'ul ekanini takidladilar va bu borada yosh avlod tarbiyasiga g‘oyat katta e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq ekaniga to'xtaldilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi yangiliklar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari xususida batafsil tushunchalar berildi.