“Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, o'quv soati davomida quyidagi masalalarga toʻxtalib oʻtildi:
- Davlat ramzlari g'urur va iftixorimiz mavzusida videolavha namoyishi;
- Davlat xizmatchilarining sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash boʻyicha zaruriy tavsiyalar
- “Mutolaa vaqti” rukni
Shuningdek, davlat xizmatchilariga Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ham maʼlumot berildi.
Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etildi.
Муҳокамага қўшилинг