Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Farzandi taʼminotidan qochib yurgan otaga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Farzandi taʼminotidan qochib yurgan otaga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi

26 июль 2024 йил
51
0

Konstitsiyamizda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi aniq qilib belgilab qoʻyilgan. Lekin bu majburiyatni har doim ham ota-onalar (koʻproq otalar) his etmasdan, farzandlar taʼminotidan qochib yurishadi.
Byuroning Yangiobod tumanida ana shunday otalarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Bunga ularning oʻz farzandlari uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlaganlari sabab boʻldi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Oqoltin tumanlararo sudining 04.04.2018-yildagi ijro varaqaga asosan I.Ndan X.N foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, bir nafar farzandini moddiy jihatdan taʼminlashni rad etib kelgan. Natijada oʻz farzandi uchun toʻlov miqdori salkam 5 million soʻmni tashkil etgan. Natijada Jinoyat ishlari bo'yicha Zomin tuman sudining 2024-yil 25-iyuldagi qaroriga asosan I.Nga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining MJtK 47⁴-moddasiga asosan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

X.U.Musurmonqulov,

Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi boshligʻi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар