Yangiobodda mustaqilligimizning 32 yillik bayrami ko'tarinki ruhda keng nishonlandi (Video)
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha nuqtalarida eng ulugʻ va eng aziz ayyom - mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami shodu-xurramlikda keng nishonlanmoqda. Bu qutlugʻ va shonli sana xalqimizning orzu-istaklari va intilishlarini oʻzida mujassam etadi.
Istiqlol - barchamizning hayotimizga yangicha mazmun, turmushimizga farovonlik olib kirdi, xalqimizga erkinlik va ozod hayotni tuhfa etdi. Albatta, manashunday erkin va farovon yurtga bayramlar yarashadi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan ezgu shior ostidagi bayram shodiyonalari bugun Yangiobod tumanida oʻzgacha shukuhda boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Ibrohim Qarshibev yurtdoshlarimizni tabriklar ekan, mana shu oʻtgan davr millatning, jamiyatning, butun bir mamlakatning, necha-necha avlodlarning taqdirini, hayot yoʻlini belgilab beradigan davr boʻlganini, shuning uchun ham bu kunni muqaddas bilib, katta tantanalar bilan nishonlashimizni taʼkidladi.
Shuningdek, istiqlol tufayli soʻngi vaqtlarda tumanimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalqimiz turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan ishlar hamda qurilish-bunyodkorlik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtdi.
Bayram tadbirida elimiz suygan sanʼatkorlar, tuman madaniyat markazi xonandalari va isteʼdodli yosh ijodkorlar va sportchi yoshlar ishtirok etishib, ular tomonidan taqdim etilgan ijod namunalari, “Beshta muhim tashabbus” doirasidagi koʻrgazmali chiqishlar hamda qalblarda faxr-iftixor va shukronalik tuygʻularini oshiruvchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Dilmurod Rajabov,
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati rahbari