Oilaviy zо‘ravonlik uchun qanday javobgarlik belgilangan
Sо‘nggi yillar mamlakatimizda inson huquqlarini tо‘la rо‘yobga chiqarish, ayniqsa ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, ularga nisbatan turli tazyiq va zо‘ravonliklarni oldini olish, jamiyatda gendr tenglikni ta’minlash borasida kо‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan oilaviy (maishiy) zо‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikning belgilanishi doimiy ravishda oilaviy zо‘ravonlik holatlarini oldini olish, bu huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlash borasidagi birinchi qadamlardan bо‘ldi.
Xusasan oila jamiyatning asosiy bо‘g‘ini bо‘lib, jamiyat va davlat muxofazasida bо‘lish huquqi Konstitusiyamizda belgilab qо‘yilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi О‘RQ-829-sonli qonuniy bilan О‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksi 592-modda bilan tо‘ldirilib, ushbu moddada oilaviy (maishiy) zо‘ravonlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Ushbu moddaga kо‘ra xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir rо‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bо‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga tо‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qо‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qо‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bо‘lmasa, bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki о‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bо‘ladi. Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir rо‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bо‘lgan shaxsni dо‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bо‘lmagan muddatga yо‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki о‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bо‘ladi.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi