Odam savdosi – insoniyat erkinligiga tahdid
Butun dunyoda miqyosida odam savdosi jinoyati tobora dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Binobarin odam savdosiga qarshi muntazam samarali va tizimli ravishda kurash olib borilishiga qaramasdan, kо‘plab insonlar ushbu illatning qurboniga aylanmoqda.
Ma’lumki О‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonunida bayon qilinganidek odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, о‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun tо‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yо‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda ifodalanadi.
Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning о‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka о‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) tо‘qimalarini olishni anglatadi. Halqaro ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda, odam savdosidan jabrlanganlarning 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etishi, bu jinoyatning qanchalik tuban illat ekanidan dalolat beradi. Dunyo hamjamiyati oldidagi global muammolardan biri hisoblangan jinoyatning bu turi bizning mamlakatimizni ham chetlab о‘tmagan. Sо‘nggi yillarida mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi, bu illatga barham berishning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi.
Davlatimiz odamlarning nolegal trafikiga qarshi kurashish va uning qurbonlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy halqaro hujjatlarga qо‘shildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfrushlikdan foydalanishga qarshi kurashish tо‘g‘risidagi Konvensiya, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvesiyani tо‘ldiruvchi Odam savdosining, aniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qо‘yish va uning uchun jazolash haqidagi bayonnoma shular jumlasidandir. Shuningdek О‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi yangi tahrirda qabul qilingan qonun bilan odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari belgilandi.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bо‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi