YANGIOBOD TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga deputatlar saylovining natijalari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201, 26, 921, 96 va 97-moddalariga muvofiq hamda uchastka saylov komissiyalariningovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalariga asosan Yangiobod tuman saylov komissiyasi qaror qiladi:
- 2024-yil 27-oktyabrda oʻtkazilgan xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga deputatlarsaylovi oʻtgan va haqiqiy deb topilsin.
- Saylov okruglaridan xalq deputatlari Yangiobod tuman/shahar Kengashiga saylangan 15 nafar deputat ilovaga muvofiq roʻyxatga olinsin.
- Mazkur qaror mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
- Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining roʻyxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va koʻkrak nishonlari berilsin.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Yangiobod tuman saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari G.Qobilova zimmasiga yuklansin.
2024 yil 30 oktyabr,
07 -son
Yangiobod tumani
saylov komissiyasi raisi
A.N.Rasulberdiyev
Yangiobod tuman saylov komissiyasining
2024-yil 30-oktyabrdagi
07-son qaroriga ilova
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga
saylangan deputatlar
ROʻYXATI
T/r | Saylov okrugining tartib raqami va nomi | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Tugʻilgan yili | Deputatning nomzodini koʻrsatgan siyosiy partiyaning nomi |
1 | 1-Yangiobod saylov okrugi | Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich | 1970 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
2 | 2-Saydon saylov okrugi | Tojiqulov Doniyor Rustam oʻgʻli | 1997 | Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi |
3 | 3-Istiqlol saylov okrugi | Isroilov Abdunabi Abduganiyevich | 1965 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
4 | 4-Sovot saylov okrugi | Tilakov Xolboykul Abduganiyevich | 1954 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
5 | 5-To'qboy saylov okrugi | Joʻrayev Shavkat XXX | 1979 | Oʻzbekiston Ekologik partiyasi |
6 | 6-Balandchaqir saylov okrugi | Xidirov Ulugʻbek Shodmonqul o'g'li | 1967 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
7 | 7-Varqin saylov okrugi | Abduraimova Zulfiya Xayrullayevna | 1971 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
8 | 8-Xo'jamushkent saylov okrugi | Berdimuratov Xamza Abdullayevich | 1987 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
9 | 9-Do'stlik saylov okrugi | Qudratov Hasanbek Turdibekovich | 1976 |
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston |
10 | 10-Uchturgon saylov okrugi | Kabulov Elmurod Xabubilloyevich | 1981 | Oʻzbekiston Ekologik partiyasi |
11 | 11-Qo'shqand saylov okrugi | Xasanov Valijon Keldibekovich | 1968 | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
12 | 12-Shodlik saylov okrugi | Kenjayev Akmal Obitqulovich | 1988 | Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi |
13 | 13-Yuqori Sarmich saylov okrugi | Yoqubov Jamoliddin Obidjanovnch | 1978 | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
14 | 14-Jo'langar saylov okrugi | Raimova Gulbaxor Gʻaybullayevna | 1971 | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
15 | 15-Pastki Sarmich saylov okrugi | Xojiyev Sobirjon Sayfullayevich | 1986 | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi |
Ushbu qaror va ro'yxatning tasdiqlangan nusxasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
yangiobod_tuman_saylov_komissiyasi_karori_compressed.pdf
[183,87 Kb] (юклаб олинди: 41)
Онлайн: yangiobod_tuman_saylov_komissiyasi_karori_compressed.pdf
Муҳокамага қўшилинг