"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi amalda
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev boshchiligida "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi asosida daromadi past oilalar birma-bir o'rganilib, kambag'allikdan chiqarish choralari ko'rilmoqda.
Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq tumandagi eng ogʻir toifadagi 92 ta daromadi past oilalarga 22 nafar korxona va tashkilotlar hamda tuman sektor rahbarlari biriktirilgan bo'lib, ular tomonidan oilalar bilan muloqotlar o'tkazilmoqda.
Bugungi kunda tanlab olingan 92 ta oilalarning barchasi bilan suhbat oʻtkazilib, ularga zarur boʻlgan turli yordamlar koʻrsatilmoqda. Xususan, mehnatga layoqatli 10 nafar oila aʼzolari doimiy, 2 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuningdek, 7 ta oilaga 180 mln.soʻmlik imtiyozli kredit hamda 3 ta oilaga 14,8 mln.soʻmlik subsidiya asosida asbob-uskuna ajratildi. 2 ta oilaning uy-joyi taʼmirlab berildi. 1 ta oilaning aʼzosiga tibbiy yordam va 6 ta oilaga homiylik mablagʻlari hisobidan turli xil yordamlar koʻrsatildi.
Bugungi kunda "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi asosida tumandagi barcha mahallalarda amaliy ishlar davom etmoqda.
Bekzod Xidirov,
Xo'jamushkent QFY hokim yordamchisi