Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida tuman voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov, mas'ul idora vakillari hamda komissiya a'zolari ishtirok etishib, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasining o'n oylik hisoboti tinglandi va tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Shuningdek, komissiyaning ish faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ko'rilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, tuman tashkilotlari va idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu yo'nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar kelishib olindi.
Муҳокамага қўшилинг