Mahalladagi xotin-qizlar faoli ishini samarali tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi
Yangiobod tuman hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Senat raisi Tanzila Norboyevaning “Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari” mavzusidagi taqdimotiga asosan “Mahalladagi xotin-qizlar faoli ishini samarali tashkil etish hamda xotin-qizlar bilan ishlash masalasida namunaviy tizim yaratish” mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminarda mahallalardagi xotin-qizlar faollari va kichik ishchi guruh vakillari ishtirok etishib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, seminar davomida Sovot mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan hududda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlari va faoliyati davomida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish borasidagi tajribalari yuzasidan namunaviy taqdimot qilindi.