Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Aliment qarz emas, farzand uchun taʼminotdir

Aliment qarz emas, farzand uchun taʼminotdir

15 ноябрь 2024 йил
26
0

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi oʻta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani oʻz ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi.

Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 1 mlrd. 74 mln. soʻm aliment qarzdorliklari undirilib, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 60 nafar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilar doimiy ish bilan taʼminlangan hamda 38 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.

Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 28 nafar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

MIB Yangiobod tuman bo'limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар