Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Aliment qarz emas, balki farzand oldidagi majburiyatdir

Aliment qarz emas, balki farzand oldidagi majburiyatdir

28 июнь 2024 йил
119
0

Maʼlumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy taʼminot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 77-moddasiga koʻra, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar.
Ammo hayotda turli sabablarga koʻra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola taʼminotida ishtiroki oʻta dolzarb muammoga aylanadi.
Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart ekani qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi oʻta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani oʻz ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Yangiobod tumani boʻlimi tomonidan 496 mln. soʻm aliment qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 24 nafar fuqarolar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilari doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 11 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 9 nafar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

X.U.Musurmonqulov,

Byuroning Yangiobod tuman boʻlim boshligʻi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yetkazilgan zararni qoplash
26 июнь 2024, Среда
Yetkazilgan zararni qoplash
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
18 март 2024, Понедельник
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
Aliment undiruvlari doimiy nazoratda
12 февраль 2024, Понедельник
Aliment undiruvlari doimiy nazoratda
Nikoh muqaddas rishta
13 декабрь 2023, Среда
Nikoh muqaddas rishta
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар