Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » SIGARETA VA KORONAVIRUS: O‘pkamizni sog‘lom saqlash o‘zimizning qo‘limizda

SIGARETA VA KORONAVIRUS: O‘pkamizni sog‘lom saqlash o‘zimizning qo‘limizda

04 август 2020 йил
886
0

Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi. Ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Ammo, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zi bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.
Sigareta tutuni bilan birgalikda chekuvchi quyidagi zararli organik moddalarni ham organizmiga yutadi:
Bular: Margimush, Formaldegid, Poloniy, Benzol, Smola va b.
Bu moddalar — tamaki tutunining bir qismi bo’lgan yagona zaharlar emas. Sigaretalarning standart kimyoviy tekshiruvi tasdiqlaganidek, har bir tortish ko’plab zaharli moddalardan iborat aralashmani yutish demakdir, ularning tarkibida jumladan:
Zaharli gazlar va bug’lar: metanol, ammiak, butan, metan, vodorod sulfidi, is gazi;
Organik birikmalar: sinil kislota, aseton, fenol, karbazol, indol;
Og’ir metallar: qo’rg’oshin, radiy, kadmiy, seziy, alyuminiy, surma va boshqalar mavjud.
Ushbu tarkibiy qismlardan hech biri xavfsiz emas — ularning har biri organizmga u yoki bu tarzda shikast yetkazadi, immunitetni zaiflashtiradi, o’pkalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, qon oqimiga kirib, yurak, miya va boshqa organlar ishini buzadi, hujayra mutatsiyasiga olib keladi.
STATISTIKAGA E‘TIBOR BERSAK:
Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir:
Surunkali bronxit;
Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari;
Yurak-tomir patologiyalari (YuIK, arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqalar).
O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi.
Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: surunkali chekuvchilarning yuragi chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi, shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi. Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshadi.
Chekuvchilardan iltimos qilib qolardikki aynan hozirgi viruslar daydib yurgan bir vaqtda o‘pkangizni toliqtirmang. O‘pkangiz sizga, siz esa bizga, biz birlashib esa jamiyatga kerakmiz! 

Murodbek Rahmonberdiyev,

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiobod tuman kengashi raisi,

Xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi deputati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Baxtiyor oila vakillari taqdirlandilar
15 май 2020, Пятница
Baxtiyor oila vakillari taqdirlandilar
Sovet Ittifoqi Qahramoni Jo‘raxon Usmonov
09 май 2020, Суббота
Sovet Ittifoqi Qahramoni Jo‘raxon Usmonov
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар