Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay muhit sababli Yangiobod tumanida ham xorijiy investorlar bilan manfaatli loyihalar yoʻlga qoʻyilmoqda.
Xabar berganimizdek, Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Newcade Project Management xorijiy korxonasi bosh direktori Mehmet Ali Gediz bilan uchrashib, tuman hududida hamkorlikdagi yangi loyihani yo'lga qo'yish yuzasidan muzokaralar o'tkazdi.
Xorijlik ishbilarmonlar bilan o'tgan muzokaralar davomida Yangiobod tumani hududida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachiliik, yashil energiya, sanoat loyihalarini amalga oshirish va yana bir qator loyihalar bo'yicha kelishuvlarga erishilib, memorandum imzolandi.