Yangiobod tumani hokimi Newcade Project Management xorijiy korxonasi bosh direktorini qabul qildi
Yangiobod tumanida qator sohalarda yangi va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tumanning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tuman hokimi boshchiligida salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev Newcade Project Management xorijiy korxonasi bosh direktori Mehmet Ali Gedizni qabul qilib, tuman hududida qishloq xo'jaligi, yashil energiya va yana bir qator yo'nalishlarda hamkorlikdagi yangi loyihalarni joriy etish xususida suhbatlashdi.
Muzokaralar davomida xorijlik mutaxassislar bilan ushbu korxona faoliyat yo'nalishlari, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan manbalar, infratuzilma, loyihaning istiqboli va shu kabi muhim masalalar yuzasidan muhim kelishuvga erishildi.