Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Balandchaqir mahallasida yangi tikuv sexi ish boshladi

Balandchaqir mahallasida yangi tikuv sexi ish boshladi

19 декабрь 2023 йил
188
0

Yangiobod tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ular uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etish borasida tuman hokimi boshchiligida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu kabi saʼy-harakatlar natijasida bugun tumanning Balandchaqir mahallasida yangi tikuv sexi ish boshladi.

Tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev yangi ochilgan tikuv sexiga tashrif buyurib, bu yerda ishchilarga yaratilgan sharoitlar va ish jarayonlari bilan tanishish barobarida tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi.

- “Xotin-qizlarimizni kasb-hunarli qilish, ular uchun ish oʻrinlari yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki ayol hunarli boʻlsa, uyida xotirjamlik, roʻzgʻorida baraka boʻladi” - deya taʼkidladi tuman rahbari.

Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari evaziga tashkil etilgan mazkur tikuv sexi yangi va zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlanib, buning natijasida mahalladagi 50 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi.

Tuman hokimi tashabbuskorlar va mahalla masʼullari bilan suhbatlashar ekan, ushbu tikuv sexi faoliyatini yanada kengaytirish va ish oʻrinlari sonini 100 nafarga yetkazish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар