Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda "Moxir bolajon" nomli 100 o‘rinli yangi bog‘cha faoliyat boshladi

Yangiobodda "Moxir bolajon" nomli 100 o‘rinli yangi bog‘cha faoliyat boshladi

20 сентябрь 2023 йил
217
0

Yangiobod tumani, Yangiobod shaharchasi hududida "Moxir bolajon" nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi 100 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu muassasaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirok etib, yangi bog'cha tashkil etilgani bilan yig'ilganlarni tabrikladi va bugungi kunda tumanimizda maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va istiqboldagi rejalar haqida toʻxtalib oʻtdi.  

Shuningdek, tuman hokimi bog'chani tashkil etgan tadbirkorni e'tirof etib, ushbu zamonaviy va koʻrkam muassasa bolajonlarning shodu-xurramlikda unib-oʻsishi va kamol topishida ahamiyatli ekanini taʼkidlab o'tdi.

Tadbir davomida mahalla faollari va ota-onalar ham so'z olib, bugungi yangilikdan xursand ekanliklarini yashirishmadi.

Shundan so'ng marosimga yig'ilganlar yangi muassasa binosi va bu yerda o'g'il-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Tadbirkorning ta'kidlashicha, bugun foydalanishga topshirilgan 100 oʻrinli mazkur maktabgacha taʼlim muassasasida 10 ta doimiy ish oʻrinlari yaratilgan.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар