Yangiobod tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda aholi va yoshlar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi tumanda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, tashkil etilayotgan yangi ish oʻrinlari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hamda aholi turmush sharoitlarini yanada oshirish borasidagi rejalar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.