Ehtiyojmand fuqarolarga qurilish materiallari olib berildi
Yangiobod tumanida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyevning aholi bilan muloqotlari davomida kelib tushgan murojaatlar asosida “Mahalla” hayriya jamoat fondi “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan 8 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj, boquvchisi yoʻq hamda nogironligi boʻlgan fuqarolarga uy-joyini taʼmirlash uchun qurilish materiallari hamda sogʻliklarini tiklash uchun bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Муҳокамага қўшилинг