Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Sarmich MFYda 120 dan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Sarmich MFYda 120 dan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

06 декабрь 2023 йил
79
0

Yangiobod tumanida aholini toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ushbu sohada yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun yurtimiz bo'ylab nishonlanayotgan Konstitutsiyamiz bayrami arafasida tumanning Sarmich mahallasida 2 ta suv inshootlari foydalanishga topshirilib, bu mahalla ahli uchun chinakam bayram sovg'asi bo'ldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirok etib, barchani bugungi xursandchilik bilan qutladi. Yig'ilganlar mahallada amalga oshirilayotgan bunday o'zgarishlar va ezgu ishlar uchun davlatimizdan minnatdor bo'lishib, shukronalar aytishdi.

Mazkur loyiha doirasida Sarmich koʻchasida 2,3 km hamda Turonshox koʻchasida 1,7 km tarmoq tortilib, suv quduqlarining ishga tushishi natijasida Dasht hamda Qatorbogʻ koʻchalaridagi 120 dan ortiq xonadonlarning toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladigan bo'ldi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар